“Barsa” ashaddiy raqib – “Real” yulduzini chaqirdi

  • 11.04.2022 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Todofichajes nashrining xabar berishicha, “Barselona” rahbariyati “Real”ga kerak bo‘lmay qolgan pleymeyker Iskoni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, mavsum oxirida futbolchining amaldagi shartnomasi yakunlanadi. “Qirollik klubi” 29 yoshli yulduz bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi.

“Barselona” mahoratli o‘yinchini bepul qo‘lga kiritish imkoniyatidan foydalanmoqchi. Iskoga “Sevilya” ham taklif bilan chiqmoqda.

2013 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda 14 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Qobilov
12/04/2022 00:57
Ogaynilar maskivadagilarxam odam uzbek ular xam kursin fudbol tv laring purosta buq qotip vapshi kurib bumayaptiyu sport tv yaxshiydi chora kurilaaa