“Barsa” bir futbolchini to‘rt klub bilan talashyapti

  • 12 sentabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning 31 yoshli tayanch yarim himoyachisi Tomas Parti kelasi yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Tajribali o‘yinchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. “Kanonirlar” to‘rt yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan o‘yinchiga yangi bitim bermoqchi emas.

Caught Offside nashrining yozishicha, Partiga asosiy da’vogar sifatida “Barselona” e’tirof etilmoqda. Biroq kataloniyaliklar to‘rtta klub bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi

 Chunki ganalik futbolchini 2020 yili “Arsenal”ga transfer qilgan “Atletiko” sobiq o‘yinchisini yana jamoaga qaytarmoqchi.

Bundan tashqari Tomas Partiga “Yuventus” hamda Saudiya Arabistonining ikki grandi  “Al-G‘ilol” va “Al-Ahli” ham da’vogarlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!