“Barsa” bir milliard evrolik futbolchisini arzon sotadigan bo‘ldi

  • 24 mart, 2023, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona”ni tark etganidan keyin uning o‘rnini klab tarbiyalanuvchisi Ansu Fati egallashi kutilgandi.

Tecno

Kataloniya klubi rahbariyati iste’dodli o‘yinchiga 10-raqamni berib, uni Messining vorisiga aylantirdi va shartnomani yangilab, Fatiga bir milliard evro narx qo‘ygandi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, endi “Barselona” 20 yoshli futbolchidan voz kechishga qaror qilgan. Ketma-ket ikki marotaba og‘ir jarohat olgan Fati avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi. Xavi unga muntazam o‘yin amaliyoti bermayotgani bois, jamoadan ketish istagini bildirmoqda.

Klub mutasaddilari shartnomdagi bir milliard evrolik badal miqdoriga qaramay, Fatini 40-50 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Ansuga Angliya Premer-ligasining to‘rt klubidan qiziqish borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!