“Barsa” bir qarorga kelsin!
“Inter” sport direktori Juzeppe Marotta Lautro Martinesni qo‘lga kiritish uchun “Barselona”ning vaqti yakunlanayotganini eslatib o‘tdi.
Lautaroning shartnomasida uning transferini 7 iyulgacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. “Barsa” tezroq bir qarorga kelsin. Keyin biz futbolchi bilan muzokarani boshlaymiz. Jamoani mustahkamlamoqchimiz va Lautaro biz ishongan futbolchilardan biri.
Lautaroning badal puli 111 million evroga baholangan. Hozircha, Kataloniya klubi rahbarlari taklif qilayotgan variantlar milanliklarga ma’qul kelmayapti.

Fikrlar