
"Barsa" bu summani eshitgach, Moratadan voz kechdi
"Barselona" "Yudentus"da ijara asosida to‘p tepayotgan "Atletiko" Madrid hujumchisi Alvaro Moratani o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi uni tarkibda ko‘rishni xohlaganiga qaramay, bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.
"Matraschilar"ning "Yuve" bilan kelishuviga ko‘ra, Moratani sotib olish bandida uning narxi 40 million evro etib belgigangan. Aynan shu faktor "ko‘k- anor ranglilar"ni ushbu transferdan voz kechishga majbur qildi.
Shuningdek, rahbariyat vakilarri Ferran Torres, Ansu Fati, Memfis Depay, Martin Breytueyt, Lyuk De Yong kabi futbolchilarning borligini inobatga olib, Morataga ehtiyoj yo‘qligini tushunib etdi.
Joriy mavsumda hujumchi Italiya klubi safida barcha turnirlar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar