“Barsa”: Bu vunderkind hamma ishni chap oyoqda hal qiladi

  • 14.04.2026 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar oynasi davrida faollik ko‘rsatib, tarkibga yangi ijrochilarni qo‘shib olishga alohida e’tibor  qaratadi.

Kataloniyaliklar o‘z an’analariga sodiq qolgan holda jahon futbolida porlashi mumkin bo‘lgan yosh o‘yinchilarni olish amaliyotini ham keng qo‘llab keladi.

Ana shu maqsadda, ispan grandi Niderlandiyaning “Tvente” jamoasida o‘ynaydigan 18 yoshli markaziy himoyachi Ruud Nistadga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar skautlari bir necha oydan beri ushbu chapaqay himoyachini kuzatmoqda. Biroq transfer hozircha kechiktirildi, chunki “Tvente” talab qilayotgan 8 million yevro klub uchun hozircha yuqori, deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, yaqinda yangi muzokaralar o‘tkazildi va futbolchi ehtimoliy transferlar ro‘yxatidan chiqarilmagan. “Barselona” bu masalaga mavsum davomida yana qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!