“Barsa” chempionatni Messisiz boshlaydi

  • 16.09.2020 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatining saralash uchrashuvida qatnashishi tufayli La Liganing dastlabki uchta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Ayni paytda Argentina milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi muhim uchrashuvlarga Messini chaqirishni rejalashtirmoqda.

Pandemiya davridagi rasmiy protokolga ko‘ra, boshqa mamlakatdan kelgan har bir odam ikki haftalik karantinda o‘tirishi kerak. Messi terma jamoadan taklif olsa, Argentinaga saralash musobaqasi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin borishi va karantinda o‘tirishga majbur bo‘ladi.

Agar Messi terma jamoaga yordam beradigan bo‘lsa, La Liganing “Vilyarreal”, “Selta”, va “Sevilya”ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Kuman: Messi men bilan emas, klub bilan janjallashgan

Bartomeudan Messiga navbatdagi zarba

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!