
“Barsa” futbolchilari Neymar uchun maoshidan voz kechgan
“Barselona”ning sobiq direktori Xaver Bordas Neymar Kataloniyaga qaytishga juda yaqin kelganini aytdi.
- Biz Neymarni qayta qo‘lga kiritishga juda yaqin edik. Uning o‘zi ham “Barselona”ga kelishiga amin edi. Ayrim futbolchilar Neymarning kelishi uchun maoshlarining kamaytirilishiga ham rozilik bergandi. So‘nggi pallada PSJ bilan transfer summasini kelisha olmadik, - deydi Bordas.
2017 yili rekord summa – 222 million evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan braziliyalik futbolchi yaqingacha Kataloniyaga qaytish orzusida edi. Hozir ham u faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.
Neymarning parijliklar bilan hamkorligi 2022 yilning yozigacha davom etishi rasmiylashtirilgan.
Fikrlar