“Barsa” futbolchisi transferga ulgurmay qoldi

  • 03.02.2021 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” klubi qishki transfer bozori yopilishi arafasida “Barselona” himoyachisi Xunior Firponi olishga harakat qilib ko‘rdi.

Shunga qaramay, londonliklar ispan futbolchisini olishga ulgurmadi. Endi “kanonirlar” bu transferni yozda amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Firpo Ronald Kuman boshqaruvida asosiy tarkibga kira olmayapti. 24 yoshli himoyachi joriy mavsumda primerada atigi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi va faqat bitta golli pas uzatdi. Iste’dodli futbolchini Evropaning bir necha klublari olishga harakat qilmoqda.

Yozda Firponing bozori ancha chaqqon bo‘ladigan ko‘rinadi. Uning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!