"Barsa" futbolchisida koronavirus aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoyachisi Serji Robertoning koronavirus uchun topshirgan testidan ijobiy natija olindi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Hozir u karantinga olingan.Oldinroq, Roberto jarohat sabab ikki oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "Barselona" Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "Ferentsvarosh"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!