
“Barsa” futbolchisiga Bellingem “yoqmayapti”
“Barselona” himoyachisi Andreas Kristensen ashaddiy raqib – “Real” etakchisiga aylangan Jud Bellingem haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bellingem chempionatni qanday boshlagani yoqmayapti. Ayniqsa, uning natijalariga qarab, nimalarga erishganini ko‘rganda shunday bo‘lyapti.
So‘nggi o‘yinlarda Jud har gal gol uryapti va uchrashuvlar taqdiri hal qilyapti. U nechta gol urganini hisoblab, adashib ketdim.
U dastlabki uchrashuvlardayoq La Ligani zabt etdi. Madridliklar zo‘r futbolchini qo‘lga kiritgani rost. Bellingem juda ko‘p uchrashuvlarda muhim o‘yinchi bo‘la oladi, - dedi Andreas Kristensen.
Fikrlar