"Barsa" futbolchisining agentini "Real" ofisida ko‘rishgan

  • 28.02.2022 14:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gavining agentini "Real" Madrid ofisida ko‘rishgan.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining rasmiy vakili Iv de la Penya Madrid klubi bilan muzokara olib borgan. Ammo voqealar markazida Gavi emas. U "qaymoqranglilar" bilan "Real"ning ikkinchi jamoasi futbolchisi Mark Kukalon borasida gaplashgan.

O‘z navbatida, bu holat madridliklarning 17 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi. Gavining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi.

Gavi shu mavsumdan e’tiboran "ko‘k-anorranglilar" asosiy jamoasida to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!