
“Barsa” Gyundog‘andan qutilmoqchi bo‘layotgani sababi oshkor bo‘ldi
“Barselona” rahbariyati germaniyalik tajribali yarim himoyachi Ilkay Gyundog‘anni boshqa klubga transfer qilish bo‘yicha ish olib boribmoqda.
Marca nashrining aniqlashicha, Kataloniya superklubi mutasaddilari 33 yoshli futbolchi katta maosh olayotgani uchun undan tezroq qutilmoqchi.
“Manchester Siti”dagi muvaffaqiyatlaridan keyin o‘tgan yozda “Barselona”ga kelgan mashg‘ur o‘yinchiga kataloniyaliklar yillik 15 million evrodan ko‘proq ish haqi belgilagan. Endi bu summa klubga og‘irlik qilmoqda.
Qolaversa, “Barselona” yangi o‘yinchi Dani Olmoni La Liga qaydnomasidan o‘tkazish uchun ham feyr-pley talablarini bajarish uchun qimmatbaho yulduzlaridan birini sotib yuborishi shart.
Fikrlar