
“Barsa” hujumga zo‘r yulduzni olib keladi
“Barselona” mutasaddilari hujum chizig‘iga “Manchester Yunayted”dan ketgan Edinson Kavanini olib kelishni rejalashtirmoqda.
Fichajes nashrining yozishicha, erkin agentga aylangan urugvaylik to‘purar faoliyatini La Ligada davom ettirishni istayapti va o‘ziga bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kavani Urugvayning “Danubio” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mohir hujumchi Evropaga 2010 yilda kelib, “Palermo” bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik “Napoli”, PSJ va “Manchester Yunayted”da to‘p tepdi.
Edinson Urugvay terma jamoasi safida 133 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 58 marta ishg‘ol qilgan.
Fikrlar