
“Barsa” “Kamp Nou”ga yana bir yulduzni taklif qilyapti
“Napoli” etakchisi Lorentso Insine faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Italiyaliklarning hujumkor futbolchisini olish uchun kataloniyaliklar hujum chizig‘idagi bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishga tayyor.
Insinening o‘zi bor e’tiborini Evropa chempionatiga qaratgan va o‘zi atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarga hech qanday munosabat bilmayapti.
Biroq, “Napoli” bu futbolchini ushlab qolishi oson bo‘lmaydi. Insinega kataloniyaliklardan boshqa xaridorlar ham ko‘p.
Fikrlar