“Barsa” kurashdan chiqmoqchi

  • 24 aprel, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Angliyada o‘zini ko‘rsatayotgan “Norvich” himoyachisi Maks Aaronsga xaridor hisoblanadi. Mudofaaning o‘ng qanotida ishonchli o‘ynayotgan bu futbolchi o‘tgan mavsumda jamoasi premer-ligadan tushib ketganiga qaramay, klubda qolgan edi.

Tecno

Borgan sari uning xaridorlari ko‘paymoqda. Ayni paytda, Maksga “Barselona”dan tashqari “Tottenxem”, “Vest Xem” va “Manchester Siti” ham ko‘z tikmoqda.

Bu o‘yinchi uchun raqobat kuchayib ketsa, kataloniyaliklarning kurashdan chiqishi kutilmoqda. Chunki Ronald Kuman jamoasida Aaronsga katta ehtiyoj yo‘q. Serjino Dest debyut mavsumini juda zo‘r o‘tkazmoqda. Yana bir yosh futbolchi Oskar Mingesa esa universal hisoblanadi va himoyaning istalgan nuqtasida o‘ynay oladi.

Maks Aaronsning taxminiy transfer summasi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!