“Barsa” kutayotgan futbolchi “Real”ga o‘tib ketdi

  • 5 iyul, 2023, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Fenerbahche”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Arda Gyulerni transfer qilishga yaqin turgandi.

Tecno

Biroq, Arda so‘nggi pallada kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real”ga o‘tishni ma’qul topdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, madridliklar iste’dodli futbolchi uchun “Fenarbahche”ga 20 million evro to‘laydi. Gyulerning keyin transferidan turklar yana 20 foiz miqdorida ulush oladi.

Arda Gyuler “Genchlarbirligi” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili “Fenarbahche” yoshlar jamoasiga qabul qilingan. Asosiy tarkibga o‘tganidan keyin 51 ta uchrashuvda to‘qqizta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!