“Barsa” Levandovskidan voz kechdi, hujumchi qaerga borishni bilmay qoldi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” rahbariyati joriy mavsum oxirida amaldagi shartnomasi tugaydigan Robert Levandovski bilan hamkorlik muddatini uzaytirmaydigan bo‘ldi.
37 yoshli hujumchining jismoniy holati Xans-Diter Flik talablariga dosh bermayapti. Polshalik futbolchi samaradorligi tushib ketgani va raqibga bosim o‘tkazish intensivligi pasaygani uning yoshi o‘tib qolgani bilan izohlanmoqda.
Sport.es saytining yozishicha, hozircha Levandovski kelajagi haqida qanday qaror qilishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Saudiya Arabistonining bir necha klublari anchadan beri mashhur to‘purarni o‘z safiga chorlamoqda. Biroq Robert Osiyo futboliga ko‘chib o‘tish variantini ma’qullamayapti.
Fikrlar