"Barsa" Levandovskini qanchaga sotib olishi ma’lum bo‘ldi

  • 19.04.2022 13:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yozda o‘z tarkibini saviyali hujumchi bilan kuchaytirmoqchi.

"Sky Sport Deutschland" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Robert Levandovskini sotib olishni maqsad qilgan. Transfer taxminan 30-35 million evroga tushishi kutilyapti. Ammo myunxenliklar ko‘proq olishni istaydi.

Polshalik hujumchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Shunda u Germaniyani erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo‘ladi. "Bavariya" esa, uning maoshini oshirib, yangi bitim taklif etyapti.

33 yoshli futbolchi joriy mavsum klub libosida 42 uchrashuvda maydonga tushib, 47 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!