
“Barsa” mashhur futbolchini oladi
“Barselona” bosh murabbiyi xavi Ernandes jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Senegal terma jamoasi yulduzi Kalidu Kulibalini Kataloniyaga olib kelmoqchi.
Hozirda “Napoli” sharafini himoya qilayotgan tajribali futbolchi anchadan beri grand klublarning orzusi hisoblanadi.
Kulibalining o‘zi ham Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashadigan jamoalarda to‘p tepishni istaydi. Afrikalik futbolchi “Napoli” rahbariyatiga bir necha marotaba murojaat qilib, o‘ziga qiziqish bildirayotgan jamoalarga sotib yuborishni so‘ragan. Biroq, neapolliklar himoyachi uchun kamida 100 million evro talab qilgani oqibatida transferlar amalga oshmagan.
30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Kalidu uni uzaytirmoqchi emas. “Napoli” uni bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.
Joriy mavsumda Kulibali jami 27 marotaba maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Senegal terma jamoasi bilan Afrika Millatlari kubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar