
“Barsa” o‘yinchilarining bozori “o‘ldi”
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida uch futbolchisi – Oskar Minges, Samyuel Umtiti va Riki Puch bilan xayrlashishga qaror qilgandi.
Futbolchilarning ta’tili tugash arafasida turganiga qaramay, ularga xaridor topilmayapti. Kataloniyaliklar bu masalani mavsumoldi yig‘inlarigacha hal qilib, tarkibni tozalab olishni mo‘ljalagan edi.
Kataloniyaliklar bir necha mavsumdan beri 28 yoshl Samuel Umtitini ketishga ko‘ndira olmayapti. Frantsiyalik himoyachi bir muddat “Renn” bilan muzokara olib bor. Biroq, Frantsiya klubi uni so‘rab, taklif bilan chiqmadi.
22 yoshli Puchning xizmatlari “Fiorentina” va “Portu”ga taklif qilindi. Bu klublar yarim himoyachini o‘z o‘yin uslublariga mos emasligini ta’kidladi.
23 yoshli Mingesga A Seriya debyutanti “Montsa” qiziqdi. Kataloniyaliklar bu transfer uchun 5 million evro talab qilganidan keyin ular bu transferdan voz kechdi.
Fikrlar