
“Barsa” o‘zi tarbiyalagan yulduzni “yo‘qotmoqchi”
“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fatiga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.
Mutasaddilar 20 yoshli futbolchi 30 iyunga qadar klubdan ketishini talab qilmoqda. Ular moliyavi feyr-pleyni buzmaslik uchun bir necha futbolchini sotib yuborishi shart.
Bosh murabbiy Xavi Ernandes Ansu Fati bilan birinchilardan bo‘lib xayrlashishga qaror qilgan. Kataloniyaliklar uning o‘rniga Lionel Messini qaytarmoqchi.
Argentinalik yulduz transferni amalga oshirish uchun “Barselona” rahbariyatiga o‘n kun muxlat bergan va Ansu Fati egallab turgan 10-raqamni berishni so‘ragan.
O‘z vaqtida “Messining vorisi” sifatida tan olingan Ansu Fati klubdan ketishdan va haqiqiy Messiga 10-raqamni qaytarib berishdan bosh tortmoqda.
Fikrlar