"Barsa" qadrlamagan futbolchi APLda porlamoqda

  • 22.11.2020 19:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi 9-turidan o‘rin olgan bahsda "Everton" "Fulxem" maydoniga safar qildi.

Uchrashuvni 3:2 hisobida o‘z foydasiga hal etgan "irischilar" safida Kalvert-Lyuin dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, Abdullay Dukure bitta to‘p kiritdi. Jamoadoshlarining ikki goliga hammualliflik qilgan Lyuka Din uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Ushbu samarali harakatlar natijasida frantsiyalik himoyachi "Everton" safidagi o‘zining 15-assistiga erishdi. Din mersisaydliklar futbolchisiga aylangandan buyon APLda faqatgina Trent Aleksander-Arnold va Endryu Robertson ko‘proq samarali uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!