“Barsa” qimmatbaho hujumchiga da’vo qilyapti

  • 02.05.2026 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun imkoniyatlari pasayib ketgan “Chelsi”ni bir necha mahoratli futbolchilar tark etishi kutilmoqda.

Xususan, londonliklarning braziliyalik hujumchisi Joao Pedro faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fichajes maʼlumotiga koʻra, forvardni sotib olishga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida qoʻlga kiritishga urinib koʻmroqchi.

Joao Pedro 2025 yilning yozida “Brayton”dan “Chelsi”ga 63 million yevroga oʻtgan edi. Uning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda forvard londonliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!