"Barsa" salkam 18 yildan beri o‘z uyida "Atletiko"ga yutqazmayapti

Kecha "Barselona" jamoasi La Liga doirasida Madridning "Atletiko"si bilan kuch sinashdi. Mazkur bahs kichik 1:0 hisobida "ko‘k-anorranglilar" g‘alabasi bilan tugadi. 

Ahamiyatlisi, kataloniyaliklar so‘nggi bor 2006 yil fevral oyida o‘z uyida "matraschilar"ga imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin o‘tkazilgan 24 bahsda madridliklar umuman g‘alaba qozona olmadi. 

2020 yilda "Atletiko" "Barsa" mezbon bo‘lgan o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Biroq uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan va unda "ko‘k-anorranglilar" faqatgina nominal mezbon sanalgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!