“Barsa” shu oyning o‘zida uchta yulduzini sotib yuboradigan bo‘ldi

  • 13 iyun, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempioni “Barselona” tarkibni tozalashni davom ettiradi. Klubning moliyaviy ahvoli shuni talab etmoqda.

Bosh murabbiy Xavi Ernandes kelasi mavsum oldidan o‘ziga kerak bo‘lgan yangi ijrochilarni olish uchun hozirgi tarkibdagi bir necha futbolchidan voz kechishi talab etiladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Xavi rahbariyatga jamoaga olib kelinishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini bergan. Shuningdek, ketadiganlar ham aniq.

Klub rahbariyati shu oyning o‘zida Frank Kessi, Ansu Fati va Ferran Torresni boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishni mo‘ljallayapti. Biroq, Fati va Torres Kataloniyadan ketishdan bosh tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!