“Barsa” tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar reytingi tuzildi. Kim birinchi o‘rinda?

  • 25.07.2025 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Buyuk Britaniyaning mashhur FourFourTwo nashri “Barselona” tarixidagi eng zo‘r 50 nafar o‘yinchi reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatda eng yuqori pog‘onani sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikdan argentinalik yulduz bilan birga o‘ynagan ispan futbolchilari – Xavi Ernandes va Andres Inesta ham o‘rin oldi.

FourFourTwo talqini bo‘yicha “Barselona”ning eng yaxshi o‘n nafar o‘yinchisi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Lionel Messi;

Xavi;

Andres Inesta;

Yoxan Kruiff;

Ronaldino;

Diego Maradona;

Samuel Eto′O;

Ronald Kuman;

Sesar Rodriges;

Mikael Laudrup.

Lionel Messi Kataloniya superklubi tizimida 2000-2021 yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. U “Barselona” safida barcha turnirlarda 778 ta uchrashuv o‘tkazib, 672 ta gol va 303 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!