
“Barsa” uzoq kutgan futbolchi qaytdi
“Barselona” hujumchisi Ansu Fati jarohatidan forig‘ bo‘lib, yana jamoa safiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va ilk bor jamoa mashg‘ulotlarida qatnashdi. Agar Ansu Fati sport formasini tezroq tiklab olsa, 24 aprel kuni “Rayo Valekano”ga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.
Aslida Ansu Fati o‘tgan mavsumni ham og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan edi. To‘qqiz oydan ortiq vaqt davomida davolangan futbolchi maydonga qaytganiga ko‘p bo‘lmay turib, yana shikaslangan edi.
19 yoshli Fati joriy mavsumda atigi o‘nta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol va bitta assis yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar