"Barsa" va PSJ qanday qilib "Bavariya" etakchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi?

  • 14 iyul, 2020, 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Pari Sen-Jermen" klublari "Bavariya"ning avstriyalik himoyachisi David Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Deutschland nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispan va frantsuz grandlari 28 yoshli futbolchini bir yildan so‘ng, ya’ni uning nemis grandi bilan shartnomasi yakunlangach, tekinga qo‘lga kiritmoqchi. “Bavariya” esa bunga rozi emas va Alaba bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.

Alabaga shuningdek, "Manchester Siti", "Real" va "Chelsi"dan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, David Alaba “Bavariya” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!