“Barsa” vunderkindi uchinchi rekordni o‘rnatdi

  • 29.08.2023 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining uchinchi turida “Barselona” safar uchrashuvida “Vilyarreal”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kataloniyaliklarning gollaridan biriga Lamin Yamal assistentlik qildi. Shu kuni klub tarbiyalanuvchisi 16 yoshu 45 kunlik edi.

Yamal jamoa tarkibida samarali harakatni amalga oshirgan eng yosh  futbolchiga aylandi. U kataloniyaliklarning boshqa bir tarbiyalanuvchisi Ansu Fatining rekordini to‘qqiz oyga yangiladi.

Fati 2019 yili 16 yoshu 318 kunligida ilk golli pasini uzatgan edi.

O‘tgan mavsumda asosiy tarkibga qabul qilingan Lamin Yamal “Barselona”da debyut qilgan eng yosh futbolchi, shuningdek, boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi sifatida ham rekord o‘rnatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!