“Barsa” xo‘jayini “Siti” yulduzidan yuz o‘girdi
“Manchester Siti”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Kataloniyaning “Barselona” klubida davom ettirishni istamoqda.
Bu haqida Britaniya matbuoti xabar beryapti.
Silvaning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Jorje Mendes ehtimoliy transfer bo‘yicha kataloniyaliklar bilan muzokaralarga kirishgandi.
Biroq kataloniyaliklar Bernarduni hatto bepul imzolashni variantini ham qabul qilgani yo‘q. Chunki “Barselona”da transferni La Liga qaydnomasidan muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ishonch yo‘q.
Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Uning agentlari futbolchi xizmatlarini “Barselona”dan tashqari “Real”ga ham taklif qilgan edi. Biroq madridliklar ham bu o‘yinchiga qiziqish bildirgani yo‘q.
Fikrlar