
“Barsa” Yamal bilan Rafinyaga qaram bo‘lib qoldi
“Barselona” sport direktori Deku klubning yozgi transferlar borasidagi rejalari haqida ma’lumot berib, bugungi kunda jamoaning o‘yini Lamin Yamal va Rafinyaga bog‘lanib qolganini ham e’tirof etdi.
- Klubdagi rivojlanish dinamikasini inobatga olib, bugungi kunda jamoadan ketishni istaydigan futbolchilar borligiga ishonmayman. Biz hozirga qadar ko‘p o‘yinchilar bilan shartnomalarni yangiladik. Endi navbat qolganlariga.
Kutilmaganda biz jamoa Lamin Yamal va Rafinyaga qaram ekanini tushunib etdik. Endi bizga aynan ularga o‘xshagan boshqa o‘yinchilar kerak.
Ayni paytda tarkibimiz to‘liq shakllangan, yoshlar jamoasizdan ham juda ko‘p iqtidorli o‘yinchilar etishib chiqmoqda, - dedi Deku.
Fikrlar