“Barsa” yana bir “Messi”ga xaridor

  • 14.03.2021 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” mutasaddilari Venaning “Rapid” jamoasida porlayotgan hujumchi Yusuf Demirni Kataloniyaga olib kelishni rejalashtirmoqda. 17 yoshli futbolchi o‘z yurtida “avstriyalik Messi” laqabi bilan mashhur.

“Rapid”ning asosiy tarkibida 2019 yildan beri o‘ynayotgan yosh futbolchining mahorati tobora sayqallanib bormoqda. Yusuf joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Yusuf Demirni hozircha  “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Borussiya” klublari skautlari ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Biroq, hujumchi “Barselona”da o‘ynamoqchi. Chunki kataloniyaliklar keyingi paytda yosh o‘yinchilarga nufuzli musobaqalarda ham ko‘p imkon bermoqda.

Yusuf Demir “Barselona”ning Pedri, Ansu Fati, Ilaysh Moriba singari 17-18 yoshli futbolchilari qatori o‘zini muhim turnirlarda sinab ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!