“Barsa”: Yo bizni tanla, yoki pulni!
“Barselona” rahbariyati yozda “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan Markus Reshfordning o‘yinidan mamnun. Klub 28 yoshli hujumchini to‘liq sotib olishni xohlamoqda, deb xabar berdi Sport.es sayti.
Biroq bu transferning amalga oshishi hujumchining maosh talabiga bog‘liq bo‘ladi. Hozir Reshford “Manchester Yunayted” bilan tuzgan shartnomasi asosida yiliga taxminan 40 million evro miqdorida mablag‘ oladi.
Ammo “Barselona” angliyalik forvardga bunaqa katta maosh to‘lay olmaydi.
Klub Reshfordning maosh talabini bajaradigan bo‘lsa, klub moliyaviy ahvoli yana muammolar girdobiga kirib qolishi mumkin.
Shu bois, agar Markus faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni istasa, maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozilik berishiga to‘g‘ri keladi.



Fikrlar