“Barsa” yozda olinadigan uch yulduz nomini oshkor qildi

  • 15 oktabr, 2021, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida uch nafar mashhur futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha ish olib borishini ma’lum qildi.

Tecno

Eng qizig‘i, bu o‘yinchilarning bari yozda erkin agentga aylanadi va Kataloniyaga bepul kelishi mumkin. Shu bois, “barselona” mutasaddilari yanvar oyidayoq ular bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olmoqchi.

Klub prezidenti Joan Laporta kutayotgan yulduzlar Frank Kessie, Pol Pogba va Antonio Ryudigerdir. Yulduz darajasidagi bu o‘yinchilarning har biriga bir nechtadan qudratli klublar xaridor bo‘layotganini ham inobatga olish kerak.

Shuningdek, “Barselona” moliyaviy fondlar yordamida “Borussiya”ning qimmatbaho hujumchisi Erling Xolandni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!