“Barsa” yozda shu futbolchini qo‘ldan chiqarganiga afsuslanyapti

  • 17.03.2026 04:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” o‘tgan yozgi transfer davrida amalga oshmagan savdodan afsus chekayotgani ma’lum bo‘ldi.

The Touchline nashri  xabar berishicha, kataloniyaliklar agar o‘tgan yozda Luis Diasni sotib olganlarida dunyodagi eng yaxshi hujum jamoasiga aylanishlari mumkin edi, deb hisoblashmoqda.

“Barselona” sport direktori Deku uchun Dias hujumni kuchaytirishdagi asosiy variant bo‘lgan. Ammo Kataloniya klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab transferni amalga oshira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil iyul oyi oxirida Luis Dias “Liverpul”dan Bundesliga chempioni “Bavariya”ga o‘tgan edi. Matbuotda transfer summasi 70 million yevro bo‘lgani haqida xabarlar chiqqan.

Dias joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va jamoadoshlariga 17 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!