“Barsa” yulduzi Angliyadan taklif oldi

  • 8 may, 2022, 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bilan shartnomasi oxiriga etib borayotgan Usmon Dembelega Angliyadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

Tecno

Football London nashrining xabar berishicha, hujumkor futbolchini “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Ayni paytda “kanonirlar” Dembelening agenti bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Xavi frantsiyalik futbolchini Kataloniyada olib qolishga urinyapti. Biroq klub mutasaddilari o‘yinchi bilan maosh borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.

Dembele Ispaniya chempionatida 18 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi. Kataloniyaliklar 2017 yili uni “Borussiya”dan olish uchun dortmundliklarga 140 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!