“Barsa” yulduzi Ronalduning oldiga ketmoqchi

  • 9 oktabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga transferi o‘xshamagan “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembele “Yuventus” tarkibiga qo‘shilishni istamoqda.

Tecno

Avvalroq, bosh murabbiy Ronald Kuman Usmonga asosiy tarkibdan muqim  joy bermasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchi Kataloniyan tark etishga qaror qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 23 frantsiyalik futbolchi anchadan buyon “Yuventus” vakillari bilan bo‘lajak transferni muhokama qilib yurgan ekan. Dembele Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi jamoaga  joriy mavsum yakunlanishi bilan ko‘chib o‘tmoqchi. Agar Kataloniya klubi rahbarlari uni yozda qo‘yib yubormaydigan bo‘lsa, Dembele shartnomasi tugaganidan so‘ng, erkin agent sifatida A Seriyaga yo‘l oladi.

Dembelening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!