
“Barsa” yulduzi norozilik bildirdi
Oxirgi ikki mavsumda ketma-ket ikki marta og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Ansu Fati “Barselona” shifokorlari faoliyatidan norozi ekanini bildirdi.
Fati yanvarda “Atletiko” bilan bo‘lgan o‘yinda ikkinchi bor jarohat olganida klub shifokorlari unga operatsiya qildirishni taklif etgan.
Klub doktori Rikard Prunu va bosh murabbiy Xavi futbolchining oilasi bilan uchrashuvda ham o‘yinchi jarroh amaliyoti o‘tkazishi kerakligini aytildi.
Biroq, Ansu Fati konservativ usulda davolanishni ma’qul topdi va jarohatidan jarrohlik operatsiyasisiz tiklana oldi.
Ansu unga berilgan maslahat noto‘g‘ri bo‘lganidan norozi bo‘lmoqda. Agar 19 yoshli operatsiya stoliga yotganida tiklanishi uchun uzoq muddat maydondan chetda qolishiga to‘g‘ri kelardi.
Fikrlar