
“Barsa” “Yuve” yulduziga xaridor
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida “Yuventus”ning ishongan futbolchisi Mateys De Ligtni sotib olishni maqsad qildi.
Aslida kataloniyaliklar bu futbolchini u “Ayaks”da o‘ynab yurgan kezlaridan beri qo‘lga kiritmoqchi bo‘lib keladi.
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman himoya markazini yangilashni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik mutaxassis bu pozitsiyada Mateys De Ligt bilan birga “Manchester Siti”dan kelishi kutilayotgan Erik Garsiyani o‘ynatmoqchi.
21 yoshli Mateys De Ligt joriy mavsumda A Seriyada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli pas uzatdi.
Fikrlar