“Barsa” Zidan kutayotgan futbolchini oladi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Ana shu maqsadda, klub mutasaddilari “Leyptsig”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Daniel Olmoga taklif tayyorlayapti.
Manbalarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 22 yoshli ispan futbolchisining agentlari bilan aloqa o‘rnatgan va transfer imkoniyatlarini o‘rgana boshlagan. Olmoning “Leyptsig” bilan imzolagan shartnomasida uning badal puli 80 million evroga tenglashtirilgan. Biroq, Transfermarkt portali futbolchini 38 million evroga baholamoqda.
Olmo joriy mavsumda “Leyptsig” uchun 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.
Bu futbolchiga “Rael” ham xaridor bo‘lmoqda. “Qirollik klubi” Olmo uchun Bundesliga vakili 30 million evro taklif qilmoqda.

Fikrlar