
“Barsa” zo‘r hujumchi bilan muzokara boshladi
Xavi “Barselona” tarkibini kuchaytirish maqsadida yozda “Lids” hujumchisi Rafinyani Kataloniyaga kelishini istayapti.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, kataloniyaliklar bu transfer bo‘yicha inglizlar bilan muzokarani boshlab yubordi. Manbaning xabar berishicha, “Barselona” vakillari o‘yinchining agenti Deku bilan uchrashuv o‘tkazgan.
25 yoshli Rafinyaning “Lids” bilan tuzgan shartnomasida uni olmoqchi bo‘lgan klublar 70 million evrom iqdorida badal to‘lashi belgilangan. Kataloniyaliklar bu summani qimmat sanamoqda.
“Barselona” vakillari “Lids”ni braziliyalik o‘yinchini 35 million evroga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi. Rafinya joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 9 marotaba ishg‘ol qildi va uchta golli pas oshirdi.
Fikrlar