Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Markus Reshfordning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Manchester Yunayted”dan ijaraга olingan hujumchi Markus Rashfordni doimiy shartnoma asosida jamoaga olishni talab qilmoqda.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar sport direktori Deku Reshford o‘rniga “Chelsi” vingeri Pedru Netuni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida The Touchline nashri ijtimoiy tarmoqlardashi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi sport direktori bilan suhbatda 28 yoshli ingliz futbolchisi hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun asosiy nomzod ekanini ta’kidlagan. “Manchester Yunayted” bilan muzokaralar qiyin kechayotganiga qaramasdan, Flik jamoada Reshforddan boshqa hech kimni ko‘rishni istamayapti.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari “Barselona” hujumchini “Manchester Yunayted”dan 30 million yevroga sotib olishga tayyor ekanini xabar qilgan edi.
Fikrlar