“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 29 sentabr, 2022, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi o‘yinchilaridan biri Ektor Belerin jamoaga bir necha hafta yordam berolmasiligi ma’lum bo‘ldi.

Mashg‘ulot jarayonida shikastlangan himoyachi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida mushaklarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi.

Bu jarohatdan qutilish  va oyoqqa turish uchun 27 yoshli Ektor Beleringa bir oydan ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

Ayni paytda “Barselona” himoyachilaridan Jyul Kunde va Ronald Arauxoda ham jarohat bor va ular davolanishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!