“Barsa”dan ketishim besh million evro turadi!

  • 26 avgust, 2022, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘ziga kerak bo‘lmagan o‘yinchilar bilan xayrlashishga tayyor. Ketishi talab qilinayotgan futbolchilar orasida daniyalik hujumchi martin Breytueyt ham bor.

Tecno

Bu o‘yinchi avvalgi mavsumda ham jamoadan ketishni istamagandi. Endi Martin agar unga klub kompensatsiya to‘lasa, joyini bo‘shatishga rozi ekanini ma’lum qilgan.

Marca nashri daniyalik forvard jamoani tark qilish uchun besh million evro miqdorida badal puli talab qilayotganini yozdi. Breytueyt qolgan ikki yillik mavsum uchun shartnoma bo‘yicha aynan mana shu miqdorda maosh olishi kerak.

31 yoshli futbolchiga “Malorka” jiddiy qiziq bildirmoqda. 2020 yili 18 million evroga “Leganes”dan olingan o‘yinchi shu paytga qadar kataloniyaliklar uchun 57 ta uchrashuvda o‘nta gol urishga erishdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!