
Biz “Barsa”dan o‘yinchi so‘raganimiz yo‘q!
“Liverpul” maydon markazidagi bir necha o‘yinchining jarohati tufayli yarim himoyachilarga ehtiyoj sezmoqda.
Keyingi paytda Yurgen Klopp “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongni qo‘lga kiritishga harakat qilayotgani haqida ko‘p xabar tarqatildi.
Klub rahbariyati buni inkor etmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, liverpulliklar Frenki de Yong transferi masalasida “Barselona”ga aloqaga chiqmagan va bu mavzudagi xabarlarning bari haqiqatdan yiroq.
Kataloniya klubi mutasaddilari 25 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachini tezroq sotib yubormoqchi. Unga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” xaridor. Frenkining o‘zi “Barsa”dan ketmoqchi emas.
Fikrlar