“Barsa”ga boraman, degan yulduz boshqa jamoani tanladi

  • 6 iyul, 2023, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”dan ketishni rejalashtirayotgan Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytdi.

Le Parisien nashrining yozishicha, portugaliyalik futbolchi yangi jamoa bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan va kelasi mavsumni PSJ safida boshlamoqchi.

O‘z navbatida, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan 28 yoshli o‘yinchini nima qilib bo‘lsa ham tarkibda saqlab qolishga chaqirgan.

Transfermarkt portali tajribali o‘yinchini 80 million evroga baholamoqda. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!