"Barsa"ga kelgan Xavi klub yulduziga taqiq qo‘ydi

  • 10 noyabr, 2021, 16:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz muddat davom etgan tanaffusdan so‘ng yana "Barselona"da faoliyat olib borayotgan Xavi jamoa bilan ishlashni boshladi.

Tecno

Kataloniyaliklar boshqaruvida ilk mashg‘ulotini o‘tkazgan 41 yoshli mutaxassis futbolchilarga bir necha talablarini ma’lum qildi. Jumladan, sobiq jamoadoshi Jerar Pikega tok-shoularda ishtirok etishni taqiqladi. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Shu tariqa, ispaniyalik himoyachi mamlakatning mashhur "El Hormiguero" shousiga intervyu bera olmaydigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Xavi futbolchining o‘z sohasiga aloqasi bo‘lmagan ommaviy tadbirlarda kamroq qatnashishi va klubga ko‘proq e’tibor qaratishini istamoqda.

Ma’lumot uchun, Pike hozir jarohatini tiklash bilan band. 34 yoshli himoyachi "ko‘k-anorranglilar" safida 2008 yildan beri harakat qilib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!