“Barsa”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” muxlislariga xushxabar

  • 18 mart, 2022, 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 mart kuni “Real” o‘z maydonida ashaddiy raqibi – “Barselona”ni qabul qiladi. Yaqinda madridliklar to‘purari va etakchisi Karim Benzemada jarohat aniqlangan edi.

Tecno

“Marca” nashrining xabar berishicha, Karimning bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etishi uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Frantsiyalik to‘purar hali umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilmagan bo‘lsa-da, sportzalda individual tarzda shug‘ulla boshladi. Bu ijobiy tomonga o‘zgarish sifatida baholanmoqda.

Endi Karim Benzema takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va aynan mana shu tekshiruv uning “Barselona”ga qarshi o‘ynashi yoki bahsni o‘tkazib yuborishini aniqlab beradi.

Tajribali hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 32 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 13 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!