“Barsa”ga umuman qaytmayman!
“Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes yaqinda bergan intervyusida kelajakda Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Mening “Barsa” bosh murabbiyi sifatidagi tarixim hozirgi qarashlariga ko‘ra tugagan. Men Kataloniya klubiga umuman qaytmayman, - dedi ispaniyalik mutaxassis La Vanguardia gazetasiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xavi “Barselona”ni 2021-2024 yillar davomida boshqargan. Bu vaqt mobaynida Xavi murabbiy sifatida klub bilan Ispaniya chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, hozircha ishsiz yurgan mutaxassis yozda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin Marokash terma jamoasida ish boshlashi mumkin.
“Barselona”dan oldin Xavi o‘zi o‘ynagan Qatarning “As-Sadd” klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Fikrlar